Yaqinda biz ishonchli hamkorimizning taklifiga binoan Ozarbayjondagi MATANAT-A zavodiga tashrif buyurish sharafiga muyassar bo'ldik. Bu nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini ko'zdan kechirish, balki yuqori sifatli o'zbek qog'ozining xalqaro bozorlarga qanday kirib kelayotganini ko'rish imkoniyati ham bo'ldi. MATANAT-A bilan hamkorligimiz tufayli mahsulotlarimiz endi nafaqat Rossiya, balki Germaniya va Ispaniya ishlab chiqaruvchilari bilan ham raqobatlasha oladi. Biz yangi O'zbekistonda sodir bo'layotgan voqealar va oldimizda ochilayotgan imkoniyatlardan ilhomlanamiz. MATANAT-A jamoasiga samimiy qabul va ishonch uchun katta rahmat. Ishonchimiz komilki, bizning hamkorligimiz kelajakda ko'plab muvaffaqiyatli loyihalar uchun poydevor yaratadi. Birgalikda biz ulkan marralarga erisha olamiz va turkiy davlatlarni birlashtirishga hissa qo'sha olamiz!